Ushbu kursda siz HTML’ni mutlaqo 0 dan boshlab, real web sahifalar yaratish darajasigacha o‘rganasiz.
HTML nima ekanligi, u qayerda ishlatilishi va web sahifalar qanday ishlashi haqida tushuncha beriladi. Boshlovchilar uchun juda sodda izohlar bilan.
HTML teglari, atributlar, strukturasi va hujjat qanday tuzilishini o‘rganasiz. Asosiy bilimlar shu yerda shakllanadi.
Ro‘yxatlar (ul, ol) va havolalar (a) orqali sahifalarni bog‘lashni o‘rganasiz. Navigatsiya asoslari tushuntiriladi.
Rasm, video va audio qo‘shish, media fayllar bilan ishlash va ularni to‘g‘ri joylashtirish o‘rganiladi.
div, span va boshqa blok elementlar yordamida sahifa tuzilishini yaratish va tartibli joylashuv qilish o‘rgatiladi.
Jadval (table) yordamida ma’lumotlarni tartibli ko‘rinishda chiqarish, ustun va qatorlar bilan ishlash tushuntiriladi.
Input, textarea, select kabi form elementlari, foydalanuvchidan ma’lumot olish va yuborish asoslari.
header, nav, section, article kabi semantik teglardan foydalanish, toza va professional kod yozish.
Nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun qulay web sahifalar yaratish, accessibility asoslari bilan tanishish.
HTML yordamida qidiruv tizimlariga mos sahifalar yaratish, meta teglar va tuzilma bilan ishlash.
O‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash uchun real web sahifalar va mini-loyihalar yaratish.
CSS va JavaScript’ga o‘tishga tayyorgarlik, frontend yo‘nalishidagi keyingi qadamlar.