Ro‘yxatlar va Havolalar

Bu bo‘limda siz tartibli va tartibsiz ro‘yxatlar yaratishni, hamda sahifalararo havolalar bilan ishlashni o‘rganasiz.

📌 Tartibsiz ro‘yxat (ul) va Tartibli ro‘yxat (ol)

HTML ro‘yxatlari ikki turga bo‘linadi: tartibsiz (
) va tartibli (
). Har bir ro‘yxat ichida
elementlari joylashadi.

Ul misol:

Olma

Banan

Ol misol:

Birinchi

Ikkinchi

📌 Sahifalararo o‘tish va tashqi linklar

HTML havolalari  tegi orqali yaratiladi. href atributi havola manzilini belgilaydi, target="_blank" esa havolani yangi oynada ochadi.

Ichki havola:
Bosh sahifa
Tashqi havola:
UzCode
⬅ Ortga (HTML Asoslari) Keyingi dars ➡ (Rasmlar va Media)